O'zbekcha ovoz, to'g'ridan-to'g'ri brauzeringizda
Ovoz TTS v1 — OvozAI ning yangi, juda kichik nutq sintezi modeli. U serverda emas, sizning qurilmangizda ishlaydi, shuning uchun ovoz bir zumda tayyor bo'ladi. Matn yozing va tinglang.
Birinchi bosishda model yuklanadi (21 MB, bir marta). Keyingi safar brauzer xotirasidan darhol ochiladi.
Ovoz shu brauzerning o'zida yaratiladi. Modelni yaxshilash uchun yozgan matnlaringiz anonim saqlanadi, shuning uchun shaxsiy ma'lumot yozmang.
Modelni o'z mahsulotingizda ishlatmoqchimisiz?
Ovoz TTS v1 ni ilova, sayt, kiosk va boshqa qurilmalarga o'rnatish uchun litsenziya beramiz. Model internetsiz ishlaydi, har bir so'rov uchun server xarajati yo'q. Hamkorlik va litsenziya bo'yicha bizga yozing.
Sinov versiyasida nimalar bor
- Bitta ayol ovozi, 24 kHz sifatda
- Lotin va kirill yozuvidagi o'zbekcha matn
- Raqamlar, sanalar, vaqt, pul va foizlar so'z bilan o'qiladi
- Model yuklangach internet kerak emas: ovoz qurilmaning o'zida yaratiladi
Hozircha nimalar qiyin
- Kam uchraydigan so'zlar, ismlar va qisqartmalarda adashishi mumkin
- Ruscha va inglizcha so'zlarni o'zbekcha harflar bo'yicha o'qiydi
- Ovoz bitta: ohang va hissiyotni tanlab bo'lmaydi
Model haqida batafsil
Model qanday ishlashi va nega kichik bo'lishi muhimligini blogda yozdik. Fikr va takliflaringizni Telegram orqali yuboring.