Har oy 10 daqiqa bepul, keyin daqiqasi 857 so'mdan

Matnni ovozga aylantirish

O'zbekcha matnni yozing yoki faylini yuboring — OvozAI uni o'zbekcha ovozda o'qib, audio qilib qaytaradi. E'lon, audiokitob, dars yoki video uchun ovoz: 8 ta ayol va erkak ovozidan birini tanlaysiz, 20 000 belgigacha matn bir yo'la o'qiladi. Saytda ishlaydi, Telegram botda esa /tts buyrug'i bilan.

  • Har oy 10 daqiqa bepul
  • 8 ta ovoz
  • 20 000 belgigacha

Qanday ishlaydi

Matndan audiogacha uch qadam

  1. 01

    Matnni yuboring

    Saytda matnni maydonga qo'yasiz. Botda /tts buyrug'ini bosib, matn yoki .txt, .doc, .docx, .pdf fayl yuborasiz: bir nechta xabar bitta matnga birlashtiriladi.

  2. 02

    Ovozni tanlang

    Saytda 8 ta ayol va erkak ovozi bor, har birining namunasini tinglab tanlaysiz; botdagi /tts ulardan ikkitasini taklif qiladi.

  3. 03

    Audioni oling

    Bot audioni ovozli xabar qilib yuboradi; saytda uni tinglaysiz va yuklab olasiz, oxirgilari tarixda turadi. Vaqt faqat audio yetkazilgach yechiladi.

Namuna

Matn va undan yasalgan ovozli xabar

Do'kon e'loni /tts bilan yuborildi, ayol ovozi tanlandi va bir necha soniyalik ovozli xabar qaytdi. Quyida matnning o'zi va har bir ovozning namunasi.

Matn
Hurmatli mijozlar! Do'konimiz yangi manzilda ochildi: Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi, 15-uy. Har kuni soat to'qqizdan yigirma ikkigacha sizni kutamiz.
  • ZephyrAyol · Yorqin
  • LedaAyol · Yosh
  • AchernarAyol · Mayin
  • CallirrhoeAyol · Bemalol
  • CharonErkak · Diktorona
  • AchirdErkak · Do'stona
  • AlgiebaErkak · Ravon
  • IapetusErkak · Aniq

Матнни овозга айлантириш

Ўзбекча матнни сайтга ёзинг ёки ботга /tts буйруғи билан юборинг — аёл ёки эркак овозида ўқилган аудио оласиз. Эълон, аудиокитоб, дарс ва видео учун мос. Ҳар ой 10 дақиқа бепул, кейин матнга айлантириш билан бир хил вақт ишлатилади: аудионинг ҳар бир дақиқасига 6 дақиқа.

Nimalar bilan ishlaydi

Nimalar bilan ishlaydi

O'zbekcha matn uchun: qisqa e'londan tortib kitob bobigacha.

O'zbekcha matn

O'zbek tilidagi matn uchun yaratilgan. Tinish belgilari to'g'ri qo'yilgan matn tabiiyroq o'qiladi: pauza va ohang shunga qarab chiqadi.

8 ta ovoz

Saytda va API'da to'rtta ayol va to'rtta erkak ovozi: yorqin, yosh, mayin, diktorona va boshqalar. Telegram botdagi /tts ulardan ikkitasini taklif qiladi.

20–20 000 belgi

Botda bir nechta xabar yoki fayl bitta matnga birlashtiriladi, shuning uchun Telegram xabaridagi belgilar chegarasi xalaqit bermaydi.

Fayldan o'qish

.txt, .doc, .docx yoki .pdf faylni botga yuboring. PDF'dagi matn belgilab nusxalanadigan bo'lishi kerak: skanerlangan sahifa o'qilmaydi.

Ovozli xabar yoki fayl

Botda audio ovozli xabar bo'lib keladi — darhol uzatsa bo'ladi. Saytda tinglaysiz va yuklab olasiz, oxirgi audiolar tarixda saqlanadi.

API orqali ham

Dasturchilar uchun POST /v1/audio/speech: mp3, opus yoki wav, 8 ta ovozdan istalgani. Har 1 000 belgiga 400 kredit.

Narx

Har oy 10 daqiqa bepul, keyin daqiqasi 857 so'mdan

Matnni ovozga aylantirish matnga aylantirish bilan bir xil vaqtdan yechiladi: audioning har bir daqiqasiga 6 daqiqa. Shuning uchun oylik bepul 1 soatdan 10 daqiqa audio chiqadi. Paketlar ham o'sha, sotib olingan vaqt kuymaydi.

  • Bepul10 daqiqa1 soat vaqt · har oy
  • 10 daqiqa10 000 so'm1 soat vaqt · daqiqasi 1 000 so'm
  • 30 daqiqa27 000 so'm3 soat vaqt · daqiqasi 900 so'm
  • Eng arzon70 daqiqa60 000 so'm7 soat vaqt · daqiqasi 857 so'm

Masalan, 1 daqiqalik e'lon: bepul 10 daqiqa har oy shunday 10 ta e'longa yetadi, keyin har biri 1 soatlik paketda (10 000 so'm) 1 000 so'm turadi. Ovozga ketmagan vaqt matnga aylantirishga ham ishlaydi.

Savol-javob

Ko'p beriladigan savollar

Matnni ovozga qanday aylantiraman?

Saytga kiring, matnni qo'ying va ovozni tanlang — tayyor audioni shu yerda tinglaysiz va yuklab olasiz. Telegram'da @ovozai_app botga /tts buyrug'ini yuboring, keyin matn yoki fayl, so'ng ayol yoki erkak ovozini tanlang: audio ovozli xabar bo'lib keladi. Har oy 10 daqiqa bepul, karta shart emas.

Qanday ovozlar bor?

Saytda va API'da 8 ta: to'rtta ayol va to'rtta erkak ovozi — yorqin, yosh, mayin, bemalol, diktorona, do'stona, ravon va aniq. Har birining namunasini shu sahifada tinglash mumkin. Telegram botdagi /tts ulardan ikkitasini taklif qiladi. Matnga <laugh> yoki <sigh> kabi teg qo'shsangiz, kulgi va xo'rsinish ham eshitiladi. O'z ovozingizni nusxalash imkoniyati yo'q.

Qancha matnni bir yo'la ovozga aylantirsa bo'ladi?

20 belgidan 20 000 belgigacha. Botda bir nechta xabar yuborsangiz yoki .txt, .doc, .docx, .pdf fayl qo'shsangiz, ular bitta matnga birlashtiriladi — Telegram xabaridagi belgilar chegarasi xalaqit bermaydi. Uzunroq kitobni boblarga bo'lib yuboring: har bir bob alohida audio bo'ladi va uni tinglash ham qulayroq.

Matnni ovozga aylantirish qancha turadi?

Matnni ovozga aylantirish matnga aylantirish bilan bir xil vaqtdan yechiladi: audio uzunligining 6 barobari. Har oy bepul 1 soatdan 10 daqiqa audio chiqadi. Keyin o'sha paketlar: 1 soat — 10 000 so'm (10 daqiqa audio), 3 soat — 27 000 so'm (30 daqiqa audio), 7 soat — 60 000 so'm (70 daqiqa audio); 7 soatlik paketda daqiqasi 857 so'm. Sotib olingan vaqt kuymaydi va matnga aylantirishga ham ishlaydi. To'lov Click, Visa/Mastercard yoki botda Telegram Stars orqali.

Video uchun o'zbekcha ovoz yozsa bo'ladimi?

Ha. Matnni ovozga aylantiring, audioni saytdan yuklab oling va montaj dasturida videoga qo'ying. Reklama roliklari, ta'limiy videolar va YouTube uchun qulay: diktor yollash yoki mikrofon oldida o'tirish shart emas. Botda audio ovozli xabar bo'lib keladi, uni Telegram kanal yoki guruhga to'g'ridan-to'g'ri uzatish mumkin.

API orqali matnni ovozga aylantirsa bo'ladimi?

Ha. POST /v1/audio/speech OpenAI bilan mos: matnni yuborasiz, mp3, opus yoki wav audio olasiz, 8 ta ovozdan istalganida. Har 1 000 belgi uchun 400 kredit yechiladi. Birinchi API kaliti bilan 1 800 kredit sinov uchun beriladi. Batafsil: nutqni matnga API sahifasi va hujjatlar.

Birinchi matningizni ovozga aylantiring

Har oy 10 daqiqa bepul, karta shart emas. 8 ta ovoz.