Videoni matnga aylantirish
Video faylni @ovozai_app botga yuboring yoki saytga yuklang — undagi gaplar matnga aylanadi. Vlog, webinar, intervyu yoki Instagram uchun rolik: OvozAI o'zbekcha nutqni matnga o'giradi — lotin yoki kirill alifbosida, ruscha gaplarni esa rus tilida. Botda video avval so'raydi: faqat matnmi yoki subtitr ham kerakmi.
- Har oy 1 soat bepul
- 2 GBgacha video
- Matn yoki subtitr
Qanday ishlaydi
Videodan matngacha uch qadam
- 01
Videoni yuboring
Video faylni @ovozai_app botga yuboring yoki uzating. Hujjat (fayl) sifatida yuborilgan video ham, dumaloq video ham bo'ladi.
- 02
Nima kerakligini tanlang
Bot so'raydi: «📝 Matn» yoki «🎬 Subtitr · 2× sarf». Matn — videodagi gaplar; subtitr — matn bilan birga subtitrli video yoki .srt fayl.
- 03
Matnni oling
Matn bir necha soniya yoki daqiqada keladi. Ostida «🌐 Tarjima qilish» va «🎬 Subtitr» tugmalari bor: subtitrni keyinroq ham buyurtma qilsa bo'ladi.
Namuna
Video va uning matni
Samarqanddagi osh markazi haqidagi 46 soniyalik video: bot avval nima kerakligini so'radi, «Matn» tanlandi. Quyida matn lotin va kirill alifbosida va rus tiliga tarjimasi.
Bugun sizlarga Samarqanddagi eng mashhur osh markazlaridan birini ko'rsataman. Bu yerda osh ertalab soat oltida tayyor bo'ladi, tushga borib esa qozonlar bo'shab qoladi. Shuning uchun erta keling!Бугун сизларга Самарқанддаги энг машҳур ош марказларидан бирини кўрсатаман. Бу ерда ош эрталаб соат олтида тайёр бўлади, тушга бориб эса қозонлар бўшаб қолади. Шунинг учун эрта келинг!Сегодня покажу вам один из самых известных плов-центров Самарканда. Плов здесь готов в шесть утра, а к обеду казаны уже пустеют. Так что приходите пораньше!Видеони матнга айлантириш
Видео файлни ботга юборинг ёки сайтга юкланг — ундаги гаплар матнга айланади. 2 ГБгача mp4, mov ва думалоқ видеолар қабул қилинади. Ботда видеога субтитр ҳам қўшиш мумкин: субтитрли видео, караоке видео ёки .srt файл. Ҳар ой 1 соат бепул.
Nimalar bilan ishlaydi
Qanday videolar bilan ishlaydi
Telefonda olingan roliklardan tortib soatlik webinar yozuvlarigacha.
Har qanday video fayl
mp4, mov, mkv, webm va boshqalar, 2 GBgacha. Video oddiy holda ham, hujjat (fayl) sifatida ham yuborilishi mumkin.
Dumaloq videolar
Telegram'dagi dumaloq video xabarlar savolsiz, darhol matnga aylanadi — xuddi ovozli xabar kabi. Guruhlarda ham.
Matn yoki subtitr
2 soatgacha videoda bot so'raydi: faqat matnmi yoki subtitr ham. Subtitr — subtitrli yoki karaoke video, .srt fayl yoki vaqtlari ko'rsatilgan matn.
Saytda ham
Kompyuterda videoni app.ovozai.uz saytiga yuklang: matnni nusxalaysiz yoki .txt qilib yuklab olasiz. Subtitr va tarjima — botda.
Aralash tillar
O'zbekcha gaplar lotin yoki kirillda, ruscha jumlalar rus tilida. Ruscha yoki inglizcha video ham bo'ladi, tarjima tugmasi esa matnni boshqa tilga o'giradi.
Guruhlarda
Botni guruhga qo'shing: guruhga tashlangan videolar va dumaloq videolar matni bilan javob oladi. Subtitr tanlovi faqat shaxsiy chatda.
Narx
Har oy 1 soat bepul, keyin soati 8 571 so'mdan
Matn video uzunligicha vaqt oladi, subtitr bilan — ikki baravar. Obuna yo'q, sotib olingan vaqt kuymaydi.
- Bepul1 soatHar oyning 1-sanasida yangilanadi
- 1 soat10 000 so'msoati 10 000 so'm
- 3 soat27 000 so'msoati 9 000 so'm
- Eng arzon7 soat60 000 so'msoati 8 571 so'm
Masalan, 45 daqiqalik webinarning matni bepul 1 soatga sig'adi. Subtitr bilan u 90 daqiqa oladi: 60 daqiqasi bepul, 30 daqiqasi 1 soatlik paketdan (10 000 so'm).
Savol-javob
Ko'p beriladigan savollar
Videoni qanday matnga aylantiraman?
Video faylni @ovozai_app botga yuboring va «Matn»ni tanlang — videodagi gaplar bir necha daqiqada matn bo'lib keladi. Kompyuterda videoni saytga yuklashingiz mumkin, 2 GBgacha. Vaqt video uzunligicha sarflanadi, matn esa lotin yoki kirill alifbosida keladi. Har oy 1 soat bepul, karta shart emas.
Videodan matn olsam, subtitr ham qo'shib beradimi?
Ha, botda. Video yuborganingizda «Subtitr»ni tanlasangiz, matn bilan birga subtitrli video, karaoke video (har bir so'z aytilishi bilan yonadi), .srt fayl yoki vaqtlari ko'rsatilgan matn olasiz. Subtitrli video 30 daqiqagacha videolar uchun. Narxi — video uzunligining ikki baravari, matni bilan birga. Batafsil: subtitr yaratish.
Instagram yoki TikTok videosini matnga aylantirsa bo'ladimi?
Ha, lekin havola orqali emas: videoni telefoningizga saqlab, faylning o'zini botga yuboring. Havolalardan faqat YouTube qabul qilinadi. Reels va TikTok roliklari odatda qisqa, shuning uchun bir necha soniyada matnga aylanadi va bepul oylik vaqtdan juda oz sarflaydi. Xohlasangiz, ularga karaoke subtitr ham qo'shtirasiz.
Katta video faylni qanday yuboraman?
Botga ham, saytga ham 2 GBgacha video yuborish mumkin. Saytda fayl qismlarga bo'lib yuklanadi: internet uzilib qolsa, yuklash to'xtagan joyidan davom etadi. Katta fayl botga yetib kelguncha bot uni qabul qilayotganini yozib turadi. Botda 20 daqiqadan uzun videolarning ovozi har doim matni bilan saqlanadi, saytda esa har bir videoning ovozi tarixda saqlanadi.
Ovozsiz videoga vaqt ketadimi?
Yo'q. Nutq topilmagan yozuv uchun vaqt yechilmaydi: bot videoda nutq yo'qligini aytadi, balansingiz esa o'zgarmaydi. Jim yoki juda past ovozli videolar matnga aylantirishga uzatilmasdan oldin aniqlanadi, shuning uchun bunday faylni bemalol yuborsangiz bo'ladi. Gapirilgan qismlari bor video odatdagidek, video uzunligicha hisoblanadi.
OvozAI'ning boshqa imkoniyatlari
Videoga subtitr qo'shish
Videoni botga yuboring — o'zbekcha subtitr: .srt fayl, subtitrli yoki karaoke video.
BatafsilYouTube videoni matnga aylantirish
YouTube havolasini botga yuboring — videoni yuklab olmasdan uning to'liq matnini oling.
BatafsilAudioni matnga aylantirish
Ma'ruza, intervyu yoki yig'ilish yozuvini yuklang — soatlik audio ham to'liq matnga aylanadi.
BatafsilOvozAI va TurboScribe
Telegram bot: ovozli xabarlar to'g'ridan-to'g'ri chatdan, guruhlarda ham
O'qishOvozAI va VoiceLab
Har oy 1 soat bepul — VoiceLab'ning bepul kreditlari taxminan 5 daqiqaga yetadi
OvozAI 2 baravar arzonO'qish
Birinchi videoni yuboring
Har oy 1 soat bepul — matn yoki subtitr bilan. Karta shart emas.