YouTube videoni matnga aylantirish
YouTube havolasini @ovozai_app botga yuboring yoki saytga qo'ying — videoni yuklab olmasdan uning matnini olasiz. Dars, podkast, intervyu yoki yangiliklar: OvozAI'ning ovozni matnga aylantirish xizmati o'zbekcha gaplarni lotin yoki kirill alifbosida yozadi, ruscha va inglizcha videolarni ham. 3 soatgacha bo'lgan ochiq videolar ishlaydi.
- Har oy 1 soat bepul
- 3 soatgacha video
- Yuklab olish shart emas
Qanday ishlaydi
Havoladan matngacha uch qadam
- 01
Havolani nusxalang
YouTube'da «Ulashish» tugmasini bosib havolani nusxalang. Oddiy video, youtu.be, Shorts va tugagan jonli efir havolalari ishlaydi.
- 02
Botga yuboring
Havolani @ovozai_app botga yuboring. Bot videoning nomi va uzunligini, qancha vaqt ketishini va sizda qancha qolganini ko'rsatadi: «✅ Matnga o'girish» yoki «✖️ Bekor qilish».
- 03
Matnni oling
Bir necha daqiqada matn keladi: qisqasi xabar bo'lib, uzuni .txt fayl bo'lib. Ostidagi «🌐 Tarjima qilish» tugmasi uni boshqa tilga o'giradi.
Namuna
YouTube darsi va uning matni
24 daqiqalik iqtisodiyot darsi: havola yuborildi, matn .txt fayl bo'lib keldi. Quyida uning boshi lotin va kirill alifbosida va rus tiliga tarjimasi.
Assalomu alaykum, aziz tomoshabinlar. Bugungi darsda inflyatsiya haqida gaplashamiz: u nima, nega paydo bo'ladi va oila byudjetiga qanday ta'sir qiladi. Oddiy savoldan boshlaylik: bir yil oldin bir dona non qancha turardi?Ассалому алайкум, азиз томошабинлар. Бугунги дарсда инфляция ҳақида гаплашамиз: у нима, нега пайдо бўлади ва оила бюджетига қандай таъсир қилади. Оддий саволдан бошлайлик: бир йил олдин бир дона нон қанча турарди?Здравствуйте, дорогие зрители. Сегодня поговорим об инфляции: что это такое, откуда она берётся и как влияет на семейный бюджет. Начнём с простого вопроса: сколько стоила одна лепёшка год назад?YouTube видеони матнга айлантириш
YouTube ҳаволасини ботга юборинг ёки сайтга қўйинг — видеони юклаб олмасдан унинг матнини оласиз. 3 соатгача бўлган очиқ видеолар ишлайди. Ўзбекча нутқ лотин ёки кирилл алифбосида ёзилади, вақт эса видео узунлигича ҳисобланади. Ҳар ой 1 соат бепул.
Nimalar bilan ishlaydi
Qanday videolar ishlaydi
YouTube'dagi ochiq videolar — havola qaysi ko'rinishda bo'lsa ham.
Har xil havolalar
youtube.com/watch, youtu.be, Shorts va tugagan jonli efir havolalari. Telefondagi YouTube ilovasidan «Ulashish» orqali olingan havola ham bo'ladi.
3 soatgacha
Ochiq yoki havola orqali ko'riladigan videolar. Davom etayotgan yoki rejalashtirilgan efir, yopiq va o'chirilgan videolar ishlamaydi.
Hech narsa yuklab olinmaydi
Videoni o'zingiz yuklab olishingiz, formatini o'zgartirishingiz shart emas: havolaning o'zi yetarli. Video saqlanmaydi.
Avval tasdiqlaysiz
Bot boshlashdan oldin nomi, uzunligi va sarflanadigan vaqtni ko'rsatadi. Vaqt video uzunligicha hisoblanadi — kutilmagan sarf yo'q.
Tarjima
Matn ostidagi tugma uni o'zbek (lotin yoki kirill), rus, ingliz yoki arab tiliga o'giradi, qo'shimcha to'lovsiz. Ruscha videoning o'zbekcha matni shunday olinadi.
Faqat YouTube
Instagram, TikTok va boshqa saytlar havolalari qabul qilinmaydi: ularda videoning o'zini botga yuboring, u ham matnga aylanadi.
Narx
Har oy 1 soat bepul, keyin soati 8 571 so'mdan
Vaqt video uzunligicha hisoblanadi. Obuna yo'q, sotib olingan vaqt kuymaydi va botda ham, saytda ham ishlaydi.
- Bepul1 soatHar oyning 1-sanasida yangilanadi
- 1 soat10 000 so'msoati 10 000 so'm
- 3 soat27 000 so'msoati 9 000 so'm
- Eng arzon7 soat60 000 so'msoati 8 571 so'm
Masalan, haftada bitta 30 daqiqalik podkast — oyiga 2 soat: 1 soati bepul vaqtdan, qolgan 1 soati 1 soatlik paketdan (10 000 so'm).
Savol-javob
Ko'p beriladigan savollar
YouTube videoni qanday matnga aylantiraman?
Video havolasini nusxalang va @ovozai_app botga yuboring. Bot videoning nomi, uzunligi va sarflanadigan vaqtni ko'rsatadi; «Matnga o'girish»ni bosasiz va bir necha daqiqada matn keladi. Kompyuterda havolani saytga qo'yishingiz mumkin. Videoni yuklab olish shart emas. Har oy 1 soat bepul, karta kerak emas.
Videoda subtitr bo'lmasa, YouTube matnini olsa bo'ladimi?
Ha. OvozAI YouTube'ning tayyor subtitrlarini ko'chirib olmaydi — videodagi nutqni o'zi eshitib yozadi. Shuning uchun subtitrsiz videolar ham, o'zbekcha avtomatik subtitri yo'q videolar ham ishlaydi. Natija tinish belgilari qo'yilgan, o'qishga qulay matn: o'zbekcha gaplar lotin yoki kirill alifbosida, ruscha gaplar rus tilida.
Qanday YouTube videolari ishlamaydi?
Davom etayotgan va rejalashtirilgan jonli efirlar (efir tugagach, havolani qayta yuboring), yopiq va o'chirilgan videolar, shuningdek 3 soatdan uzun videolar. Pleylist havolasi ham qabul qilinmaydi — har bir videoni alohida yuboring. Instagram, TikTok va boshqa saytlardagi videolar uchun havola emas, videoning o'zini botga yuboring.
YouTube video uchun subtitr ham tayyorlab beradimi?
Havola orqali — yo'q: YouTube havolasidan faqat matn olinadi, subtitr va vaqt belgilari berilmaydi. Subtitr kerak bo'lsa, videoning faylini botga yuboring: u .srt fayl, subtitrli yoki karaoke video tayyorlab beradi. Batafsil: videoga subtitr qo'shish. Matnning o'zi esa havoladan ham, fayldan ham bir xil chiqadi.
Uzun YouTube video qancha vaqtda matnga aylanadi?
Odatda bir necha daqiqada. Qisqa video tezroq tayyor bo'ladi, uzun dars yoki podkast ko'proq kutadi; bot kutish vaqtini ko'rsatib turadi. 3 soatgacha bo'lgan videolar qabul qilinadi. Vaqtingizdan video qancha uzun bo'lsa, shuncha yechiladi — qancha kutganingizga qarab emas. Matn tayyor bo'lishi bilan javob bo'lib keladi.
API orqali YouTube videoni matnga aylantirsa bo'ladimi?
Ha. Dasturchilar OvozAI API orqali YouTube havolasini vazifa sifatida yuboradi (POST /v1/transcriptions) va natijani webhook orqali oladi. API'ning hisobi alohida: soniyasiga 1 kredit, birinchi kalit bilan esa 1 800 kredit sinov uchun beriladi. Havolalar uchun vaqt belgilari berilmaydi, faqat matn. Bepul oylik soat API'ga tegishli emas.
OvozAI'ning boshqa imkoniyatlari
Videoni matnga aylantirish
Video faylni botga yoki saytga yuboring — matnini oling, xohlasangiz subtitr ham.
BatafsilVideoga subtitr qo'shish
Videoni botga yuboring — o'zbekcha subtitr: .srt fayl, subtitrli yoki karaoke video.
BatafsilAudioni matnga aylantirish
Ma'ruza, intervyu yoki yig'ilish yozuvini yuklang — soatlik audio ham to'liq matnga aylanadi.
BatafsilOvozAI va TurboScribe
Telegram bot: ovozli xabarlar to'g'ridan-to'g'ri chatdan, guruhlarda ham
O'qish
Birinchi havolani yuboring
Har oy 1 soat bepul. Videoni yuklab olish ham, karta ham shart emas.