Nutqni matnga API
OvozAI API o'zbekcha nutqni matnga aylantiradi: fayl yoki YouTube havolasini yuborasiz, matnni JSON, oddiy matn, srt yoki vtt ko'rinishida olasiz. OpenAI bilan mos — mavjud kodda faqat base_url o'zgaradi. Lotin yoki kirill, rus va boshqa tillar; matnni ovozga aylantirish ham bor.
- 1 800 kredit sinovga
- OpenAI SDK bilan mos
- srt, vtt, webhook
curl https://api.ovozai.uz/v1/audio/transcriptions \
-H "Authorization: Bearer $OVOZAI_API_KEY" \
-F file=@voice.ogg{
"id": "6f1c…",
"text": "Assalomu alaykum! Buyurtmangiz qabul qilindi, kuryer ertaga soat o'nda yetkazib beradi.",
"duration": 6.2,
"credits": 6
}Qanday ishlaydi
Birinchi so'rovgacha uch qadam
- 01
Kalit oling
app.ovozai.uz saytidagi API sahifasida kalit yarating: u faqat bir marta ko'rsatiladi. Birinchi kalit bilan 1 800 kredit (30 daqiqa) sinov uchun beriladi.
- 02
Faylni yuboring
POST /v1/audio/transcriptions ga multipart file yuboring (500 MBgacha). OpenAI SDK'da model — ovozai-transcribe, base_url — https://api.ovozai.uz/v1.
- 03
Matnni oling
Javobda matn, davomiylik va yechilgan kreditlar keladi. Uzun yozuv yoki YouTube havolasi uchun vazifa yarating va natijani webhook orqali oling.
Namuna
Python, Node.js va webhook bilan
OpenAI SDK orqali .srt subtitr, kirill alifbosidagi matn va YouTube havolasidan vazifa: mavjud kodga faqat manzil va kalit qo'shiladi.
from openai import OpenAI
client = OpenAI(base_url="https://api.ovozai.uz/v1", api_key="ovz_…")
with open("lecture.mp3", "rb") as audio:
result = client.audio.transcriptions.create(
model="ovozai-transcribe", file=audio, response_format="srt"
)
print(result)import OpenAI from "openai";
import fs from "node:fs";
const client = new OpenAI({ baseURL: "https://api.ovozai.uz/v1", apiKey: process.env.OVOZAI_API_KEY });
const result = await client.audio.transcriptions.create({
model: "ovozai-transcribe",
file: fs.createReadStream("voice.ogg"),
language: "uz-Cyrl",
});
console.log(result.text);curl https://api.ovozai.uz/v1/transcriptions \
-H "Authorization: Bearer $OVOZAI_API_KEY" \
-H "Content-Type: application/json" \
-d '{"url": "https://www.youtube.com/watch?v=…", "webhook_url": "https://example.com/ovozai"}'Нутқни матнга API
OvozAI API ўзбекча нутқни матнга айлантиради: файл ёки YouTube ҳаволасини юборасиз, матнни JSON, srt ёки vtt кўринишида оласиз. OpenAI SDK билан мос; "uz-Cyrl" тилини юборсангиз, матн кирилл алифбосида қайтади. Биринчи калит билан 1 800 кредит бепул.
Nimalar bilan ishlaydi
API nimalarni qila oladi
Bitta kalit — transkripsiya, subtitr va matnni ovozga.
OpenAI bilan mos
POST /v1/audio/transcriptions OpenAI'ning Python va Node.js SDK'lari bilan ishlaydi: base_url'ni almashtirasiz, model — ovozai-transcribe.
Formatlar
response_format: json, text, verbose_json, srt yoki vtt. Vaqt belgilari bilan formatlar soniyasiga 2 kredit turadi.
Vazifalar va webhook
POST /v1/transcriptions: fayl (timestamps bilan ham) yoki YouTube havolasi, webhook_url. Webhook HMAC-SHA256 bilan imzolanadi; vazifani GET va DELETE bilan boshqarasiz.
Lotin yoki kirill
language: "uz-Cyrl" yuborsangiz, o'zbekcha matn kirill alifbosida qaytadi, aks holda lotinda. Rus, ingliz va boshqa tillar, o'zbek-rus aralash nutq ham.
Matnni ovozga
POST /v1/audio/speech: o'zbekcha matndan mp3, opus yoki wav, 8 ta ovozdan istalganida. Har 1 000 belgiga 400 kredit.
Cheklovlar va maxfiylik
So'rovga 500 MBgacha fayl, kalitga daqiqasiga 120 so'rov. Fayllar saqlanmaydi, natijalar 7 kundan keyin o'chiriladi; YouTube havolalari matnini saqlaymiz.
Narx
1 800 kredit bepul, keyin soati 7 000 so'mdan
Soniyasiga 1 kredit, vaqt belgilari bilan 2. Nutqsiz yozuv, xato yoki bekor qilingan vazifa uchun kredit yechilmaydi; kreditlar kuymaydi.
- Sinov1 800 kreditBirinchi kalit bilan: 30 daqiqa
- 36 000 kredit90 000 so'm10 soat · soati 9 000 so'm
- 180 000 kredit390 000 so'm50 soat · soati 7 800 so'm
- Eng arzon720 000 kredit1 400 000 so'm200 soat · soati 7 000 so'm
Masalan, 90 daqiqalik podkast — 5 400 kredit: 36 000 kreditlik paket narxida 13 500 so'm. Vaqt belgilari bilan — 10 800 kredit.
Savol-javob
Ko'p beriladigan savollar
O'zbek tili uchun speech-to-text API qanday ulanadi?
API sahifasida kalit yarating va uni so'rovga Authorization: Bearer sarlavhasi bilan qo'shing. OpenAI SDK ishlatsangiz, base_url'ni https://api.ovozai.uz/v1 ga almashtiring va model sifatida ovozai-transcribe yozing — qolgan kod o'zgarmaydi. Kalitni kodga yozib qo'ymang, muhit o'zgaruvchisida saqlang. Birinchi kalit bilan 1 800 kredit beriladi. Batafsil hujjatlarda.
Nutqni matnga API narxi qancha?
Soniyasiga 1 kredit, vaqt belgilari bilan 2; matnni ovozga — har 1 000 belgiga 400 kredit. Paketlar: 36 000 kredit (10 soat) — 90 000 so'm, 180 000 kredit (50 soat) — 390 000 so'm, 720 000 kredit (200 soat) — 1 400 000 so'm. Kreditlar pastga yaxlitlanadi, nutqsiz yozuv yoki xato uchun yechilmaydi. Bepul oylik soat API'ga tegishli emas. To'lov Click yoki Visa/Mastercard orqali.
API'dan matnni kirill alifbosida olsa bo'ladimi?
Ha. So'rovda language maydoniga "uz-Cyrl" yuboring — o'zbekcha nutq kirill alifbosida yoziladi. Yubormasangiz, lotin alifbosida keladi. Ruscha gaplar har doim rus tilida qoladi, shuning uchun aralash nutq ham to'g'ri chiqadi. Bu OpenAI SDK'dagi oddiy language parametri, qo'shimcha sozlash kerak emas.
API subtitr (srt, vtt) beradimi?
Ha. response_format sifatida "srt" yoki "vtt" yuboring, vaqtlari bilan JSON uchun esa "verbose_json"; vazifalarda timestamps: true. Vaqt belgilari soniyasiga 2 kredit turadi, chunki matn ovozga moslab joylanadi. Bu bosqich bajarilmasa, butun vazifa xato bilan tugaydi va kredit yechilmaydi. YouTube havolalari uchun vaqt belgilari yo'q: subtitr kerak bo'lsa, faylning o'zini yuboring.
Uzun fayl yoki YouTube havolasini qanday yuboraman?
POST /v1/transcriptions orqali vazifa yarating: multipart fayl yoki JSON'da YouTube havolasi (url), xohlasangiz webhook_url ham. Javob darhol keladi, natijani GET /v1/transcriptions/:id bilan olasiz yoki webhook kutasiz — u HMAC-SHA256 bilan imzolangan. Fayl 500 MBgacha, YouTube videosi 3 soatgacha bo'lishi mumkin.
Yozuvlar va natijalar saqlanadimi?
Yuborilgan fayllar saqlanmaydi. Natijalar (matn va vaqt belgilari) tayyor bo'lgandan 7 kun o'tib o'chiriladi, shu vaqt ichida ularni olib qo'ying (YouTube havolalari matnining nusxasini saqlaymiz). Kalitlarning faqat xeshi saqlanadi: kalit bir marta ko'rsatiladi, yo'qolsa, eskisini bekor qilib yangisini yaratasiz. Hujjatlarda AI yordamchingizga berish uchun tayyor matn ham bor.
OvozAI'ning boshqa imkoniyatlari
Audioni matnga aylantirish
Ma'ruza, intervyu yoki yig'ilish yozuvini yuklang — soatlik audio ham to'liq matnga aylanadi.
BatafsilMatnni ovozga aylantirish
O'zbekcha matnni yuboring — 8 ta ovozdan birida o'qilgan audio oling.
BatafsilVideoga subtitr qo'shish
Videoni botga yuboring — o'zbekcha subtitr: .srt fayl, subtitrli yoki karaoke video.
BatafsilOvozAI va OpenAI Whisper
O'zbek tili hujjatlarda yozilgan, alifbo tanlovi bilan: uz — lotin, uz-Cyrl — kirill
O'qishOvozAI va Google Speech-to-Text
Kod yozmasdan ishlaydi: Telegram bot, sayt va mini ilova
O'qishOvozAI va Yandex SpeechKit
Bir gapda o'zbek va rus so'zlari aralash nutq
O'qishOvozAI va Muxlisa AI
Telegram bot, guruhlarda ham ishlaydi
OvozAI 2,1 baravar arzonO'qish
Birinchi kalitingizni oling
1 800 kredit bepul — 30 daqiqa transkripsiya. Obuna yo'q, kreditlar kuymaydi.