Ovozdan matn — to'g'ridan-to'g'ri brauzeringizda
Ovoz STT v1 — OvozAI ning o'zbekcha nutqni aniqlash modeli. U serverda emas, sizning qurilmangizda ishlaydi, shuning uchun yozuvingiz hech qayerga yuborilmaydi. Gapiring yoki fayl tanlang.
Audio yoki video fayl, 300 MB gacha. Bir martada 10 daqiqagacha matnga aylanadi. Faylni shu yerga tashlashingiz ham mumkin.
Birinchi marta model yuklanadi (234 MB, bir marta) — Wi-Fi'da qulayroq. Keyingi safar brauzer xotirasidan darhol ochiladi.
Model yuklab olinmoqda
Faqat birinchi marta: model (234 MB) brauzeringizga bir marta yuklanadi va shu yerda saqlanib qoladi. Keyingi safar darhol ochiladi.
So'zni bossangiz, yozuv o'sha joydan eshittiriladi.
Ovoz shu qurilmaning o'zida matnga aylanadi: yozuv ham, matn ham hech qayerga yuborilmaydi. Natijani baholasangiz, modelni yaxshilash uchun o'sha matn anonim yuboriladi.
Mahsulotingiz uchun ochiq model
Ovoz STT v1 — Apache-2.0 litsenziyasidagi ochiq model, Hugging Face'da ikki o'lchamda: 220M — shu sahifadagi model, 600M — eng aniqi. Ularni ilova, sayt, call-markaz va ichki tizimlarga, jumladan tijoriy mahsulotlarga ham bepul o'rnatishingiz mumkin. Model qurilmaning o'zida yoki sizning serveringizda ishlaydi: ovoz tashqariga chiqmaydi, har bir daqiqa uchun to'lov yo'q.
O'rnatishda yordam kerakmi? Telegram yoki email orqali yozing.
Sinov versiyasida nimalar bor
- O'zbekcha nutq: suhbat, intervyu, ovozli xabar, ma'ruza
- Bosh harflar va tinish belgilari bilan matn
- Har bir so'zning vaqti: so'zni bossangiz, yozuv o'sha joydan eshittiriladi
- Model yuklangach internet kerak emas: ovoz qurilmaning o'zida matnga aylanadi
Hozircha nimalar qiyin
- Raqamlarni so'z bilan yozadi: «15» emas, «o'n besh»
- Faqat o'zbek tili va faqat lotin yozuvi: rus va ingliz tilidagi gaplarni noto'g'ri yozadi
- Kuchli shovqin, musiqa va bir vaqtda gapirgan odamlar
- Kim gapirganini ajratmaydi
Model haqida batafsil
Model qanday yaratilgani va qanchalik aniq ishlashini blogda yozdik. Fikr va takliflaringizni Telegram orqali yuboring.
Ovoz STT v1 GigaChat jamoasining ochiq GigaAM Multilingual modeli asosida yaratilgan va OvozAI tomonidan qayta o'qitilgan. Asos model litsenziyasi: MIT, © 2024 GigaChat Team.